Fransiya va Rossiyada COVID-19 tasdiqlangan holatlar 2 milliondan oshdi

11:39 20 Noyabr 2020 Dunyo
94 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 55 million 928 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 344 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 56 million 898 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 360 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 11,249 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (8,958 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (5,911 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (2,027 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda Rossiya (2,015 milliondan ortiq).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?