Fransiya terma jamoasi sharafiga Parijdagi oltita metro stansiyasining nomi o‘zgartirildi

17:09 16 Iyul 2018 Sport
883 0
Foto: NTV

Fransiya terma jamoasi Rossiyada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida g‘alaba qozongani sharofati bilan Parijdagi metro stansiyalarining oltitasining nomi vaqtinchalik o‘zgartirildi. Bu haqda poytaxt transport avtonom boshqarmasi ma’lum qildi.

Bekat nomlari so‘z o‘yinlaridan foydalanilgan holda o‘zgartirildi. Masalan, Victor Hugo stansiyasi terma jamoa sardori va darvozaboni Ugo Lorisa sharafiga Victor Hugo Lloris ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Yoki Notre-Dame des Champs stansiyasi jamoa bosh murabbiysi Didye Desham hurmatiga Notre Didier Deschamps deya qayta nomlandi. Ushbu mutaxassis sharifi Yelisey maydonidagi yana bir metro bekatida aks etdi. Ya’ni avvalgi Shamps-Elysees – Clemenceau endi Deschamps Elysees – Clemenceau bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, bugun Fransiya terma jamoasi ustozi va o‘yinchilari aynan shu maydondan o‘tib, Yelisey saroyida Prezident Emmanuel Makron tomonidan qabul qilinadi.

Shu hududdagi yani bir metro stansiyasi Charles de Gaulle – Etoile nomi On a 2 Etoiles, ya’ni “Bizda endi ikkita yulduz” nomiga o‘zgartirildi.

Avron bekati Nous Avron Gagne (“Biz yutdik”), Bercy stansiyasi esa Bercy les Bleus (“Rahmat, “Ko‘k ranglilar”) ko‘rinishiga keltirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?