Fransiya elchisi bilan uchrashuv

16:23 21 Avgust 2019 Dunyo
147 0

2019-yil 21-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim bilan uning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Violen de Vilmor xonim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil oktyabr boshida Fransiyaga amalga oshirgan samarali rasmiy tashrifi tufayli Oʻzbekiston-Fransiya munosabatlari yangi darajaga koʻtarilgani alohida ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan taraqqiyot yoʻlidagi islohotlarga va hayotning barcha sohalaridagi tub oʻzgarishlarga yuksak baho berildi.

Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek ikki mamlakat hududlari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanish muhimligi haqida yakdil fikr bildirdilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?