Frank-Valter Shtaynmayer: Oʻzbekiston oʻz yoshlari bilan har qancha faxrlansa arziydi

Avval xabar berilganidek, Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turibdi.
Oliy martabali mehmon 29-may kuni Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashdi, deb yozmoqda OʻzA.
Mazkur universitet mamlakatimizdagi yirik bilim maskanlaridan biri boʻlib, undagi 10 fakultetda 47 ta taʼlim yoʻnalishida 13 mingga yaqin talaba va magistr taʼlim olmoqda. Oliy taʼlim muassasasida xorijiy davlatlardan kelgan 1 ming 192 nafar talaba tahsil olmoqda. Universitet oʻqituvchi va professorlarining soni 654 nafarni tashkil etadi.
Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan suhbatda boʻldi. Qizgʻin savol javoblarga boy oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekistonda taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor, yoshlarning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va maʼnan yetuk insonlar boʻlib ulgʻayishi, ularning qobiliyat va isteʼdodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuygʻularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
– Yoshlari jamiyat hayotida faol boʻlgan davlat albatta rivojlanadi, – dedi Frank-Valter Shtaynmayer. – Oʻzbekiston yoshlarni koʻrib, ushbu mamlakat haqida ham shu fikrni aniq ayta olaman. Bu yerda oʻtirgan yoshlar bilan nafaqat oʻzbek xalqi balki biz ham faxrlansak arziydi. Chunki, ular muloqot jarayonida sof nemis tilida grammatik va fonetik xatolarsiz gapiryapti. Oʻz fikrini ravon ifoda qilmoqda.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan davra suhbatida yoshlar Germaniya Federativ Respublikasi, nemis yoshlari hayotiga oid savollarga Federal Prezident va u boshchiligidagi delegatsiya aʼzolaridan atroflicha javob oldi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
- Shavkat Mirziyoyev sovet davrida isyonchilarga “keskin zarba berganlardan” biri boʻlgan
- Rasmiy bayonot: Gulnora Karimovaga yangi ayblov qoʻyildi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: