Shavkat Mirziyoyev oktyabr oyida oliy darajadagi tashrif bilan Fransiyaga boradi

17:09 25 Avgust 2018 Siyosat
878 0
Архив фото

Vazirlar Mahkamasining “Fransiyaga oliy darajadagi tashrif davomidagi madaniy-gumanitar tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Joriy yilning oktyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oliy darajadagi tashrif bilan Fransiyaga boradi.

Shu munosabat bilan qarorga muvofiq oliy darajadagi tashrifning madaniy-gumanitar qismiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Tashrifning ushbu qismiga tayyorgarlik doirasida Madaniyat vazirligiga, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan tovarlarni yetkazib beruvchilar, ishlarni bajaruvchilar va xizmatlarni koʻrsatuvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.

Qarorga muvofiq, Madaniyat vazirligi huzurida Fransiya madaniyat markazi tashkil etildi.

Markaz xarajatlarini moliyalashtirish Madaniyat va sanʻatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019