Fransiya — ikki karra jahon chempioni!

09:52 16 Iyul 2018 Sport
305 0
Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha jahon chempionati musobaqasi yakuniga yetdi. So‘nggi hal qiluvchi uchrashuvda Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ kelishdi.

Uchrashuvning dastlabki qismida xorvatlar ustunlik qilgan bo‘lsada, fransuzlar hisobni ochishdi. Mario Mandjukich o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ko‘p o‘tmay Ivan Perishich, hisobni tenglashtirdi. Biroq qolgan daqiqalarda fransuzlarni to‘xtatib bo‘lmay qoldi. Avvaliga Grizmann penaltidan, ikkinchi bo‘limda esa Pol Pogba va Kilian Mbappe tomonidan kiritilgan gollar “uch ranglilar“ni yirik hisobda oldinga olib chiqdi. Biroz o‘tib, Mario Mandjukich farqni bittaga qisqartirdi. Ammo qolganiga xorvatlarning kuchi yetmay qoldi.

Shu tariqa Fransiya oradan 20 yil o‘tib yana bir bor jahon chempioni degan nomni qo‘lga kiritdi.

JCH-2018
FINAL

Fransiya – Xorvatiya 4:2 (2:1)
Gollar:
 Mandjukich (18, avtogol), Grizmann (38, penalti), Pogba (59), Mbappe (65) – Perishich (28), Mandjukich (69).
Fransiya: Loris, Pavar, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Mbappe, Pogba, Kante (Nzonzi, 55), Matyuidi (Tolisso, 73), Grizmann, Jiru (Fekir, 81).
Xorvatiya: Subashich, Vrsalko, Lovren, Vida, Strinich (Pyatsa, 81), Brozovich, Rebich (Kramarich, 71), Modrich, Rakitich, Perishich, Mandjukich.
Ogohlantirishlar: Kante (27), Lyuka Ernandes (41), Vrsalko (90).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?