Fototanqid! Tarixda qolish uchun toshga yozish shartmas!!!

16:41 16 May 2018 Madaniyat
836 0
Foto: Fazliddin Abilov / "Xalq so‘zi"

XIV asrning oxirlarida sohibqiron Amir Temur tashabbusi bilan Toshkentdan ko‘p ham uzoq bo‘lmagan joyda Zangiota va uning ayoli Anbar ona sharafiga yodgorlik o‘rnatilishiga kirishiladi. 

Mana necha asrlardirki, ulug‘ avliyoning ruhidan madad olish uchun mamlakatimiz va dunyoning turli chekkalaridan oqib kelayotgan ziyoratchilarning qadami bu yerdan uzilmaydi. Markaziy Osiyodagi ruhiy quvvatni mukammal idrok etmoq uchun ham ulug‘ ajdodimiz Zangiota tomonidan yaratilgan ta’limot va u kishining shaxsiga hurmat-ehtirom zarur bo‘ladi.

Foto: Fazliddin Abilov / "Xalq so‘zi"

Akademik Akmal Saidov ta’biriga ko‘ra, “Zangi ota hazratlari Markaziy Osiyo mintaqasida ІX–XІІ asrlarda yuz bergan birinchi ilmiy-madaniy yuksalish, ya’ni ilk Sharq Uyg‘onish davrining namoyandasi, o‘z zamonida hikmat va ma’naviyat, din va tasavvuf rivojiga katta hissa qo‘shgan mutasavvif va avliyo bobolarimizdandir”.
Shu sababli Zangiota majmuasini ta’mirlash ishlariga juda katta e’tibor berilib, bu yerda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi, ziyoratchilar oqimi ko‘paydi.

Foto: Fazliddin Abilov / "Xalq so‘zi"
Foto: Fazliddin Abilov / "Xalq so‘zi"
Foto: Fazliddin Abilov / "Xalq so‘zi"
Foto: Fazliddin Abilov / "Xalq so‘zi"
Foto: Fazliddin Abilov / "Xalq so‘zi"
Foto: Fazliddin Abilov / "Xalq so‘zi"
Foto: Fazliddin Abilov / "Xalq so‘zi"
Foto: Fazliddin Abilov / "Xalq so‘zi"

Ammo mana bu suratlarda ko‘rib turganingiz kabi manzaralar Zangiota majmuasi atrofidagi noxush holat bo‘lib, ko‘ngilni xira qiladi. Holbuki, bu muqaddas joy tarbiya o‘chog‘i ham bo‘lgani bois, buning natijasi “xo‘tikni tarbiyalasang eshak bo‘lur!” qabilida yakunlansa, ko‘ngilni xira qilmay qolmaydi. Nima dedingiz? ILTIMOS, TOShGA YОZMANG!
Shoyim BO‘TAYЕV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?