Fototanqid! Me’moriy majmua qachon songa kiradi?

17:25 25 May 2018 Madaniyat
577 0

Madaniyat vazirligi diqqatiga!

Buxorodagi noyob qo‘hna yodgorliklar sirasidagi karomatli shayx Turki Jandiy-Xo‘ja Jandiy me’moriy yodgorligi majmuasidagi machit va madrasa, maqbarani izlab kelib, tomosha qilishga ishtiyoqmandlar ichki va tashqi turizm ishqibozlari orasida ko‘plab topiladi. 

Negaki, Hazrat Abu Nasr Ahmad bin Fazl bin al Musiy al Jandiy (bu zoti sharif Turki Jandi nomi bilan mashhur) mashhur ulamo Abu Bakr Gulobodiyning shogirdi bo‘lib, ilm-ma’rifat ahli orasida yuksak hurmat-ehtiromga sazovor bo‘lgan.

Siz suratlarda ko‘rib turgan lavhalarda Buxorodagi mashhur me’moriy majmuaning bugungi kundagi ahvoli aks etgan. Bu me’moriy majmuaning qachon songa kirishi haqida so‘z ketganda, mutasaddi tashkilotlardan uning rejaga kiritilgani-yu ta’mirlanishi mo‘ljallanayotgani haqidagi bahonalardan o‘zga jo‘yali javob ololmaysiz. Vaqt esa kutib turmaydi. Bugungi yoriq devor ertaga qulab tushadi, indinga esa yer bilan yakson bo‘ladi. Unday chog‘da nechog‘li puxta bo‘lmasin, ko‘zlangan rejaning ham foydasi bo‘lmaydi. O‘smani hayitda qo‘yilishi haqidagi xalq naqli esa faqat qosh haqida emasligini unutmaslik lozim.
Shoyim BO‘TAYЕV.
Suratlar muallifi: Hasan Paydoyev / "Xalq so‘zi".   


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?