Fotosurat uchun 2200 AQSH dollari talab qilgan ayol ushlandi

15:50 08 Sentyabr 2020 Jamiyat
333 0

2020-yilning 3-sentyabr kuni 42 yoshli S.N. (ayol) tanishi 43 yoshli F.A. ning (ayol) shaxsiy fotosuratlarini qoʻlga kiritib, ularni F.A. uchun sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlar sirasiga kirishini bilgan holda, kelgusida ushbu rasmlarni uni yaqin qarindoshlariga hamda internet tarmogʻi orqali tarqatib sharmanda qilish bilan qoʻrqitib, harakatlarni amalga oshirmaslik evaziga F.A.dan 2200 AQSH dollari miqdordagi pullarni tovlamachilik yoʻli bilan talab qilib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

"Joriy yilning 4-sentyabr kuni IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahar Universitet xiyobonida S.N. tanishi F.A.dan 2200 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha S.N. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?