Fotoreportaj: Harbiylar tomonidan sardobaliklarga begʻaraz yordam koʻrsatilmoqda

00:02 05 May 2020 Jamiyat
3930 0

Mudofaa vazirligi tarkibidagi okruglar, jumladan, Markaziy harbiy okrug qoʻshinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ham sirdaryoliklarga koʻmak berish maqsadida Sardoba tumaniga yetib keldi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

2-may kuni okrug qoʻmondonligi boshchiligida yetib kelgan 2000 dan ziyod harbiy xizmatchilar “Qoʻrgʻontepa” va “Soflik” mahallasidagi keng koʻlamli ishlarga jalb qilingan. Shuningdek, okrug tasarrufidagi 200 ga yaqin harbiy texnikalar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ham qoʻl kelmoqda. Buning natijasida aksariyat oilalar oʻz uylariga qayta boshladi.

Jizzax, Samarqand hamda Kattaqoʻrgʻon garnizonlaridan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar ertalab soat 06.00 da 22.00 ga qadar uylarni qayta taʼmirlash, suv chiqarish, yoʻllarni ochish va boshqa ishlarga koʻngilli ravishda yordam berishmoqda.

Bundan tashqari, okrug radiatsion kimyoviy biologik muhofaza boʻlinmalari, psixologlar hamda tibbiyot punktti xodimlari tomonidan aholi salomatligi tekshirilib, fuqarolar vaqtincha joylashgan joylar dezinfeksiya qilinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?