Fotoreportaj: Dam olish kuni Toshkent koʻchalari boʻylab retro-avtomobillar karvoni oʻtdi

16:20 06 May 2019 Jamiyat
198 0

Kecha, 5 may kuni Toshkent shahri aholisi va mehmonlari poytaxt koʻchalari boʻylab oʻtgan retro-avtomobillar karvonini tomosha qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻnlab retro avtomobil va mototsikllar, yuzlab mahalliy avtotransport vositalari Oʻzbekiston bayroqlarini koʻtarib, harbiy orkestr sadolari ostida 25 kilometrlik masofani bosib oʻtdi. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi hamda “Retro Uz” klubi bilan hamkorlikda 9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan mazkur aksiya ishtirokchilarda olam taassurot qoldirdi.

Avtokarvon Qurolli Kuchlar akademiyasining markaziy darvozasi oldidan boshlanib, Toshkent Kichik halqa yoʻli hamda Bunyodkor va Alisher Navoiy koʻchalari boʻylab oʻtdi.

Unda Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari shaxsiy avtomobillarda ham ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?