Fotomodel boʻlishni orzu qilgan qashqadaryolik qizni chuv tushirgan toshkentlik firibgar Buxoroda qoʻlga tushdi

17:36 07 Sentyabr 2020 Jamiyat
298 0

Illyustrativ foto

2020-yilning 27-avgust kuni Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani M.Gandi koʻchasi 10/27-uyda yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan N.F. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Sohibkor koʻchasi 17-uyda yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan T.S.ning ishonchiga kirib, oʻzini taniqli jurnal fotosuratchisi sifatida tanishtirib, uni qadimiy obidalar oldida suratga tushirish maqsadida Buxoro shahriga olib kelib, fotosuratlarini jurnalning bosh sahifasiga chiqarib uni fotomodel sifatida mashhur qilishini aytib, jurnalning har bir sahifasi uchun qizga 850.000 soʻmdan toʻlov toʻlashga kelishib, jabrlanuvchi T.S.dan mehmonxona xarajatlari uchun 650.000 soʻm naqd pullarini aldov yoʻli bilan olib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, 2-sonli Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi tergov guruhi tomonidan muqaddam xuddi shu kabi jinoyatni sodir etganligi uchun sudlanib, javobgarlikka tortilgan F.N. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?