Bryusselda Eron yadro dasturini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari muhokama qilindi 

13:19 16 May 2018 Dunyo
669 0
Foto: vestifinance.ru

Kecha Bryusselda Tehron yadro dasturi bo‘yicha harakatlarning keng qamrovli qo‘shma rejasini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari muhokama qilindi. 

Unda “yevrouchlik” – Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya TIV rahbarlari, Eron bo‘yicha BMT vositachilari ishtirok etdi. Bu haqda YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Fiderika Mogerini muzokaralar yakunlaridan kelib chiqib ma’lumot berdi. U tomonlar bitimni saqlab qolishni huquqiy jihatdan kafolatlash bo‘yicha kelishuvga erishmaganini ham aytib o‘tdi.

“Gap mazkur bitimni aniq amaliy tarafdan iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari haqida bordi. Bugun Eron yadro kelishuvi va uning barcha mezonlarini qutqarib qolish – asosiy maqsaddir”, — dedi Mogerini.

Iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash deganda neft va gaz, neft mahsulotlari savdosi, bank tranzaksiyalari, Eron bilan aviatsiya, dengiz va yerusti transport vositalari bo‘yicha shartnomalarni davom ettirish, shuningdek, ushbu davlatga eksport kreditlari taqdim etish tushuniladi, deb yozadi “TASS” axborot manbasi.

Yevropalik diplomat kelgusi haftada Venada Eron va Yevropa Ittifoqining tashqi siyosatga ma’sul mutasaddilari aynan shu masalada uchrashuv o‘tkazishi haqida ham bildirib o‘tdi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?