“Forish”da Oʻzbekiston—Buyuk Britaniya harbiylari bilan hamkorlikda mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda

15:56 21 Iyun 2019 Jamiyat
285 0

28-iyun kuniga qadar Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Forish” togʻ poligonida Oʻzbekiston—Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlari vakillari bilan hamkorlikdagi taktik mashgʻulotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Unda Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlaridan tashrif buyurgan 30 nafardan ziyod harbiylar hamda Oʻzbekiston maxsus operatsiya kuchlari boʻlinmalari ishtirok etmoqda.

Hozirda hamkorlikdagi oʻquv mashgʻulotlari davomida shahar va choʻl hududida shartli dushman oʻrnashgan bino yoki joyga seksiya va guruh tarkibida kirib borish, qurshab olish, hujumga oʻtish taktikasi koʻrib chiqilyapti.

Shuningdek, mashgʻulotlarni Buyuk Britaniyaning Oʻzbekiston elchixonasidagi harbiy attashesi podpolkovnik Endryu Strefford va Maksim Kudryasev, malakali yoʻriqchilar Kurtis Kane, Pankin Brentobin va boshqalar bevosita kuzatib bormoqda. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?