Forbes jahonning eng koʻp haq oluvchi sportchilari roʻyxatini eʼlon qildi

16:39 30 May 2020 Dunyo
524 0

Foto: kommersant.ru

“Katta shlem” tasnifidagi tennis turnirlarining 20 karra gʻolibi Rojer Federer Forbes tomonidan jahonning eng serdaromad sportchisi deb eʼlon qilindi.

Shveysariyalik tennischi 2019-yilning 1-iyunidan 2020-yilning 1-iyun kuniga qadar 106,3 million AQSH dollari miqdorida daromad topgan. Shundan 6,3 mln – musobaqa mukofot pullari, 100 mln – homiylik daromadlaridir. Sportchilar reytingini ilk marta tennischi boshqarmoqda.

Shuningdek, bu safargi reytingda futboldagi mashhur raqiblar - Krishtianu Ronaldu Lionel Messidan bu borada oʻzib, 2-oʻringa chiqib olgan. Portugaliyalik futbolchi argentinalikdan kamroq maosh olsada, reklama va homiylik daromadlaridan koʻproq foyda koʻrgan.

Reytingning top-oʻnligi bilan tanishing:

1. Rojer Federer, tennis - $106,3 mln

2. Krishtianu Ronaldu, futbol – $105 mln (maosh – $60 mln / homiylik daromadi – $45 mln)

3. Lionel Messi, futbol – $104 mln ($72 mln / $32 mln)

4. Neymar, futbol – $95,5 mln ($70,5 mln / $25 mln)

5. Lebron Jeyms, basketbol – $88,2 mln ($28,2 mln / $60 mln)

6. Stefen Karri, basketbol – $74,4 mln ($30,4 mln / $44 mln)

7. Kevin Dyurent, basketbol – $63,9 mln ($28,9 mln / $35 mln)

8. Tayger Vuds, golf – $62,3 mln ($2,3 mln / $60 mln)

9. Kirk Kazins, Amerika futboli – $60,5 mln ($58 mln / $2,5 mln)

10. Karson Vens, Amerika futboli – $59,1 mln ($55,1 mln / $4 mln).

Sportchilarning top-100talik reytingidan 35 nafar basketbolchi, 31 nafar Amerika futboli vakillari, 14 nafar futbolchi, 6 nafar tennischi, 5 nafar bokschi va MMA vakillari, 4 nafar golfchi, 3 nafar poygachi va bir nafardan beysbol va kriketchilar joy olgan.

Maʼlumot uchun, 2019-yilda ushbu reytingda Messi peshqadamlik qilgan, Ronaldu va Neymar uchlikdan joy olgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?