“Folksvagen” yengil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellari ishlab chiqariladi

13:22 26 Iyun 2020 Hujjatlar
238 0

“Oʻzbekiston Respublikasida “Folksvagen” yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Jizzax avtomobil zavodi MCHJ negizida ”Oʻzbekiston yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish" investitsiya loyihasini amalga oshirishni davom ettirish boʻyicha “Folksvagen” kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan konsepsiya maʼqullandi.

Konsepsiyada, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

Birinchi bosqichda 2020-2021-yillarda:

▫️bozorni oʻrganish hamda marketing tahlilini oʻtkazish maqsadida “Folksvagen” va “Shkoda” markalaridagi tayyor avtomobillarni yetkazib berishni tashkil qilish;

▫️Kompaniyaning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda “Jizzax avtomobil zavodi” MCHJ xodimlarini yirik uzelli avtomobillarni yigʻish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish;

▫️ “Folksvagen Keddi” modelini yirik uzelli yigʻishni tashkil etish maqsadida butlovchi qismlarni yetkazib berish;

▫️ mamlakatning barcha hududlarida dilerlik tarmogʻi va servis xizmatlarini koʻrsatish stansiyalarini tashkil etish.

Ikkinchi bosqichda 2022-yildan boshlab yengil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellarini ishlab chiqarishning toʻliq siklini oʻzlashtirish.

2020-yil iyul oyidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Yevro-5” standarti talablariga javob beradigan yuqori sifatli dizel yoqilgʻisi va avtobenzinga ega kamida bitta avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi boʻlishi taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?