Floyd Meyvezer oʻzbekistonlik yakkakurashchini dunyodagi eng yaxshi jangchi deb atadi

09:53 13 Avgust 2019 Sport
375 0

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer oʻzbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodovni dunyodagi eng yaxshi MMA jangchisi deb atadi. U bu haqda Instagramʻdagi sahfasida yozgan.

Afsonaviy bokschi oʻz sahifasida Murodov suratini joylashtirib, unga “The best MMA fighter in the world!” deb izoh qoldirgan.

Joriy yozda Murodov MMAʻda ikkita jang oʻtkazib, ikkalasida ham raqiblarini nokaut bilan magʻlub etgan. Oʻzbekistonlik jangchi mashhur kishilarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tez-tez paydo boʻlib, uning janglari videosi internetda tezda tarqaladi.

Murodov Ultimate Fighting Championship (UFC)ʻda hamda MMAA Arena, XFN, BA kabi xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. Professional faoliyatini 2012-yilda boshlagan va bugungi kungacha 27 jang oʻtkazib, undan 21 tasida gʻalaba qozongan, 6 tasida magʻlub boʻlgan. Damian Chandeyel, Ishtvan Tot, Krishtoff Lppa kabi jangchilar bilan kurashgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?