Floyd Meyvezer bitta posti uchun 600 000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi

16:20 04 Dekabr 2018 Sport
272 0

Foto: ForumDaily

AQSH qimmatli qogʻozlar va fond bozori qoʻmitasi (Securities and Exchange Commission) beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerni jarimaga tortdi.

Amerikalik afsonaviy bokschi yashirin reklamadan foydalangani uchun 614 000 dollar jarima toʻladi. 1933 yilda qabul qilingan qonunga koʻra, qimmatli qogʻozlarni reklama qilayotgan shaxs oʻziga berilayotgan summa haqida maʼlumot berishi shart.

Lekin Meyvezer oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi millionlab oʻquvchilariga reklama postini qoʻyib bergani uchun 300 000 dollar olganligini eʼlon qilmadi. Bu esa AQSH qonunchiligida qatʼiy belgilab qoʻyilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?