FXX 20 yil ichida ilk bor chet eldan kelgan ishchilar sonini oshkor qildi. Oʻzbekiston yetakchi

12:24 20 Avgust 2019 Jamiyat
275 0

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati yigirma yil deganda ilk marta xorijdan kelgan ishchilar sonini maʼlum qildi. Unda qayd etilishicha, Rossiyaga ishlash uchun kelayotganlarning asosiy qismi MDHga aʼzo davlatlar fuqarolaridir. Xususan, 2019-yilning birinchi yarmida bu borada Oʻzbekiston yetakchilik qilgan. Mamlakatimizdan RFga 918 ming kishi borgan. Ikkinchi oʻrin Tojikiston(523,9 ming), uchinchi oʻrin Qirgʻiziston(265 ming)ga toʻgʻri kelgan. Ukrainadan 164,6 ming, Qozogʻistondan esa 105,3 ming kishi ishlash uchun Rossiyaga ketgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?