Firibgarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

12:44 23 Iyun 2020 Jamiyat
224 0

Boʻka tumani IIB boshligʻi nomiga ariza kelib tushdi. Unda 33 yoshli N.J. va boshqalarning 2019-yilning dekabr va 2020-yilning yanvar oylari davomida shu tumanda yashovchi 34 yoshli G.Ch ularni aldash yoʻli bilan ishonchlariga kirib, chuv tushirgani bayon etiladi.

Murojaatda taʼkidlanishicha, G.Ch Olmaliq shahrida joylashgan «Kredit aziya» doʻkonidan, pullarini boʻlib toʻlash sharti bilan N.J. va boshqalarning nomlariga jami 134.166.846 soʻmlik turli xildagi maishiy texnika buyumlarini olgan. Biroq hozirgi kunga kelib, xarid qilingan buyumlar pullarini toʻlamasdan kelayotganligini tufayli, ushbu holat yuzasidan unga nisbatan qonuniy chora koʻrish soʻraladi.

Mazkur holat yuzasidan Boʻka tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan G.Ch.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 3-qismi, «b» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar beradi.

Rasmiy saytimizda ushbu xabarni oʻqigan har bir fuqaroni hushyorlikka chaqiramiz. Tasodif va gʻurbatlarga toʻla bu hayotda soddadillik qilib firibgarlar tuzogʻiga ilinib qolmang. Ogoh boʻling!

Barcha kredit va mahsulot xarid qilish jarayonlarini, rasmiy hujjat asosida ish yuritayotgan dilerlar orqali amalga oshiring!

Shodiyor MUTAHAROV,
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?