Finlyandiyada Ayla bo'roni: 60 mingdan ortiq uy elektrsiz qoldi

08:56 18 Sentyabr 2020 Dunyo
353 0

Finlyandiyada Ayla bo'roni 60 mingdan ziyod uyni elektrsiz qoldirdi. Boʻron Finlyandiyaning gʻarbiy qismidan endi janubi-sharqqa qarab harakatlanmoqda.

Noqulay ob-havo, ayniqsa, gʻarbiy sohilda va sharqiy Kainu viloyatida elektr energiyasining jiddiy uzilishlariga sabab boʻldi. 140 dan ortiq munitsipalitetlarda 60 mingdan ziyod xonadon elektr energiyasiga ega emas.

Meteorologlarning taʼkidlashicha, shamolning oʻrtacha tezligi soniyasiga 29 metrni tashkil etgan. Qayd etilishicha, shamol yoʻllar va elektr uzatish tarmoqlaridagi daraxtlarni qulatgan. 

Ob-havo sharoiti tufayli Xelsinki-Tallin yoʻnalishi boʻyicha bir nechta parom reyslari bekor qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?