FIFA “JCH-2018”dan rekord darajada pul ishlab oladi

18:12 13 Iyun 2018 Sport
669 0

FIFAning Rossiyada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatidan kutayotgan daromadlari miqdori ma’lum bo‘ldi.

The New York Times nashrining yozilishicha, bu galgi mundial FIFAga 6,1 milliard AQSH dollari keltiradi. Shundan 3 milliardi teletranslyatsiyalar huquqini sotishdan olinishi rejalashtirilgan.

Homiylik kelishuvlaridan esa 1,65 milliard dollar kelib tushadi.

2014 yilda Braziliyada tashkil etilgan jahon chempionatida FIFA ayni paytda kutilayotganidan 1,3 milliard dollar kam, ya’ni 4,8 milliard dollar ishlab topgan edi.

Bu boradagi ko‘rsatkichlar mos ravishda 2010 yil JAR mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida 3,9 milliard, Germaniya 2006 yilda qabul qilgan JCHda 1,9 milliard dollar bo‘lgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019