FIFA eng yaxshi futbolchi bo‘lish uchun 10 nafar da’vogar nomini e’lon qildi

12:28 25 Iyul 2018 Sport
475 0
Foto: As

Xalqaro futbol Ittifoqi (FIFA) 2018 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogar bo‘lgan 10 nafar futbolchi nomini e’lon qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, tashkilot tomonidan taqdim etiladi The Best sovrini oldingi yildagidan farqli ravishda bu yildan e’tiboran yil yakunlarida emas, balki mavsum yakunlariga ko‘ra, taqdim etiladi. 10 futbolchi 2017 yilning avgustidan 2018 yilning 15 iyuliga qadar ko‘rsatgan o‘yinlariga orqali tanlab olingan.

Shunday qilib, FIFA tomonidan eng yaxshi bo‘lish uchun da’vogarlar ro‘yxatidan Krishtianu Ronaldu, Kevin de Bryuyne, Antuan Grizmann, Eden Azar, Harri Keyn, Kilian Mbappe, Lionel Messi, Luka Modrich, Muhammad Saloh va Rafael Varan o‘rin olgan.

G‘olib terma jamoa bosh murabbiylari va sardorlari bergan ovozga ko‘ra aniqlanadi. Sovrin sohibi avgust oyida e’lon qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?