Тerma jamoalarning yangi reytingini eʼlon qilindi

17:59 20 Dekabr 2018 Sport
619 0

Arxiv foto

FIFA terma jamoalarning dekabr oyi yakuniga koʻra reyting jadvalini eʼlon qildi.

Unda Oʻzbekiston termasi 1251 ochko bilan 95-oʻrinni egallab turibdi. “Oq boʻrilar”ning ochkosi va oʻrni oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarmagan.

Osiyo miqyosida Oʻzbekiston terma jamoasi 14-oʻrinda bormoqda. Reytingni 1481 ochko jamgʻargan Eron terma jamoasi boshqarib turibdi. Keyingi oʻrinlarda Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Suriya terma jamoasi borishyapti.

Dunyo reytingining yuqori qismida oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarish boʻlmadi. Birinchi oʻrinda 1727 ochko jamgʻargan Belgiya, ikkinchi oʻrinda 1726 ochko jamgʻargan Fransiya, uchinchi oʻrinda 1676 ochko jamgʻargan Braziliya joylashgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?