FIFA reytingi: O‘zbekiston terma jamoasi rekord darajada pastga quladi

14:33 07 Iyun 2018 Sport
769 0
Фото: UzReport.news

Xalqaro futbol ittifoqi (FIFA) terma jamoalarining iyun oyi uchun yangi reytingini e’lon qildi.

Yangi reytingga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan oyga nisbatan 7 pog‘ona pastladi va 354 ochko bilan 95-o‘ringa tushib ketdi. OFK miqyosida futbolchilarimiz 13-o‘rinda bormoqda. Bu oyda ham terma jamoamiz Qirg‘izistondan (12-o‘rin) ortda qolmoqda. Bundan tashqari, terma jamoamizni Osiyo miqyosida Ummon, Livan, Suriya kabi terma jamoalar ham ortda qoldirgan.

OFK miqyosida reytingni Avstraliya (718 ochko) terma jamoasi boshqarib bormoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Eron (708), Janubiy Koreya (544) va Yaponiya (521) egallab turibdi.

Umumiy reytingda peshqadamlar o‘zgarmagan. Faqatgina kuchli o‘nlikda Ispaniya va Polsha terma jamoalarining o‘rin almashganini ko‘rishimiz mumkin.

Quyida reytingning top-10ligi bilan tanishib olishingiz mumkin. To‘liq ro‘yxat FIFA rasmiy saytida e’lon qilingan.

FIFA reytingi

TOP-10

1 (1). Germaniya – 1558 ochko

2 (2). Braziliya – 1431

3 (3). Belgiya — 1298

4 (4). Portugaliya — 1274

5 (5). Argentina — 1241

6 (6). Shveysariya — 1199

7 (7). Fransiya — 1198

8 (10). Polsha — 1183

9 (9). Chili — 1135

10 (8). Ispaniya — 1126


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?