FIFA prezidenti Oʻzbekiston klubiga tabrik yoʻlladi

10:14 03 Dekabr 2018 Sport
969 0

Foto: Sportbox

FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkentning “Lokomotiv“ klubini Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgani bilan tabriklab, maktub yubordi.

Maktubda, jumladan, shunday deyiladi:

“Toshkentning PFK “Lokomotiv“ klubi ketma-ket uchinchi marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgani munosabati bilan oʻz tabrigimni yoʻllashdan benihoya mamnunman.

Mazkur chempionlikka oʻz hissasini qoʻshgan, katta hajmdagi mehnatni amalga oshirgan klubning barcha xodimlarini ham yuksak natija bilan tabriklab qolaman.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtingizda futbol rivoji uchun amalga oshirilayotgan koʻplab islohotlar, chora-tadbirlar va saʼy-harakatlar futbol jamoatchiligini xursand qilmoqda.

Mazkur islohotlarni amalga oshirishda Sizlarga muvaffaqiyatlar tilab qolaman!

Janni Infantino, FIFA prezidenti“.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?