FIFA homiyligida Andijonda ikkita futbol maydoni qurildi

12:07 09 Oktyabr 2018 Sport
1240 0
Illyustrativ foto

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Yurtimizda futbolning taraqqiy topishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Bu boradagi ishlar quyi boʻgʻinlardan boshlanayotganligi quvonarlidir.

Jumladan, Andijon shahrida ham 22x42 metrli sunʼiy chim bilan qoplangan ikkita futbol maydoni foydalanishga topshirildi.

“Mamlakatimizning qay bir hududiga bormang, futbol maydonlariga koʻzingiz tushadi. Hattoki, eng chekka qishloqdagi mahallaning ham oʻz futbol arenasi bor. Shunchalik sharoit yaratilgan ekan, demak, oʻzbek futbolining kelajagi porloq”, - deydi sport ustasi Tohir Botirov.

Maydonlar qurilishi uchun FIFA tomonidan 200 ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ yoʻnaltirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?