FIDE O‘zbekistonni “Shaxmat Vatani” deb rasman tan olishini ma’lum qildi

12:18 06 Iyun 2018 Sport
410 0

Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Unda Butunjahon shaxmat federatsiyasi rahbari Kirsan Ilyumjinov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etdi.

E’tiborlisi, Butunjahon shaxmat federatsiyasi rahbari o‘z nutqida shaxmat Vatani Pokiston, Hindiston yoki Eron emas, balki O‘zbekiston ekanligiga alohida urg‘u berdi. Bu fakt ilmiy tadqiqotlar, tarixchi olimlar tomonidan o‘rganib chiqilgan izlanishlar natijasi ekanligi, FIDE bu borada Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga rasmiy xat tayyorlayotgani hamda yaqin orada O‘zbekiston “Shaxmat Vatani” deb rasman tan olinishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilishda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga yangi rais etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Dmitriy Romanovich Li bir ovozdan saylandi va shu yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidentligi saylovi uchun Kirsan Ilyumjinov nomzodi ilgari surildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?