“FHDYO yagona elektron arxiv” nega zarur?

12:05 08 Noyabr 2019 Jamiyat
191 0

Illyustrativ foto

Fargʻona viloyatida FHDYO boʻlimlarida saqlanayotgan maʼlumotlar miqdoriga qarab 16 ta arxivarius shtat birliklari joriy etilgan.

Viloyat boʻyicha 6 774 861 ta barcha turdagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari mavjud. Ushbu maʼlumotlarni “FHDYO Yagona elektron arxiv” axborot tizimiga kiritish uchun va ajratilgan shtat birliklarining imkoniyati cheklanganligi eʼtiborga olinib, FHDYO boʻlimlari xodimlariga kunlik 100 tadan kam boʻlmagan miqdorda maʼlumotlarni bazaga kiritish vazifasi topshirilgan.

“FHDYO yagona elektron arxiv” nega zarur?

Soʻngi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sohaga joriy etish orqali FHDYO organlari faoliyatida aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillari yengillashadi. Fuqarolar vakolatli davlat organlari va tashkilotlarga bormasdan davlat xizmatlaridan foydalanishga erishadilar. Xizmatlarning sifati va tezkorligi,qulayligi oshadi. Eng qimmat xazina“vaqt” tushunchasitejaladi.Aslida, FXDYO arxiv maʼlumotnomalari va axborotini olish imkoniyatini beruvchi yagona elektron arxivining yaratilishi aholi uchun qilinayotgan islohotlarning bir qismigina xolos.

Bu tizim idoralararo integratsiyalashuv, elektron hamkorlikni kengaytirish orqali byurokratik toʻsiqlar,korrupsiya holatlarini yuzaga kelishining oldini oladi.Markazdan yiroq, olis xududlardagi aholi punktlarida sayyor(mobil) davlat xizmatlari koʻrsatishning qulay uslublarini ishlatish imkonini ham beradi.

Davlat xizmatlari agentligi Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan aniqlanishicha...

2019-yil oktyabr oyiga qadar viloyatda barcha yozuvlarning 2 million 225 ming 832 tasi, yoki jami maʼlumotlarning 37 foiziginakiritilgani maʼlum boʻldi. Respublika miqyosida bu vazifani bajarish muddati 2022-yil 1-yanvarga qadar belgilangan boʻlsa-da, Fargʻonadagi tumanlar kesimida tahlil qilinganda: Oʻzbekistontumani FHDYO boʻlimida 15 %, Qoʻqon shahar FHDYO boʻlimida 20%, Quva tuman FHDYO boʻlimida 12%, Qoʻshtepa tuman FHDYO boʻlimida 21%, Dangʻara tuman FHDYO boʻlimida 20%, Margʻilon shahar FHDYO boʻlimida 20 %, Bogʻdod tuman FHDYO boʻlimida 21%, Buvayda tuman FHDYO boʻlimida 22 %, Oltariq tuman FHDYO boʻlimida 15 %, Dangʻara tuman FHDYO boʻlimida 12%, Fargʻona shahar FHDYO boʻlimi 7 %, Beshariq tuman FHDYO boʻlimida 20 %, Margʻilon shahar FHDYO boʻlimida 16%, Rishton tuman FHDYO boʻlimida 30 %, Fargʻona shahar1-son FHDYO boʻlimida 20 % maʼlumotlar yagona axborot tizimiga kiritgan xolos.

Ishlarni yanada samarali tashkil etish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi Fargʻona viloyatiboshqarmasi tomonidan “FHDYO yagona elektron arxivi” axborot tizimiga maʼlumotlarni sifatli va tez kiritishni tashkillashtirish maqsadida joriy yilning avgust oyidan boshlab, FHDYO boʻlimlarida mavjud dalolatnoma yozuvlari sonidan kelib chiqib taqsimot reja ishlab chiqildi va har bir tumanga maʼlumotlar hajmiga koʻra kunlik kiritilishi lozim boʻlgan meʼyor belgilandi.

Afsuski, barcha tumanlarda ham FHDYO boʻlimlari tomonidan malumotlarni kiritishning samaradorligi taminlanmayapti. Masalan, Fargʻona shahar 2-son FHDYO boʻlimida jarayon oʻrganilganda,“FHDYO yagona elektron arxivi” bazasiga maʼlumotlarni tushirishda xodimlar sustkashlikka yoʻl qoʻyganligi maʼlum boʻldi. 2-son FHDYO boʻlimi joriy yilning 27-sentyabr kunidan binoning elektr energiyasidan qarzi borligi sababli uzib qoʻyilgan. Shu bois14-oktyabrga qadar boʻlimda ish jarayonida uzilishlar yuzaga kelgan. Boʻlim binosi achinarli ahvolda boʻlganligi sababli 7-oktyabr kuni Fargʻona shahar Yangi asr koʻchasi 72-uyga koʻchib oʻtgan.

Quva,Oltiariq, Qoʻshtepa, Oʻzbekiston, Bogʻdod tuman FHDYO boʻlimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan1 nafardan arxivariuslar taqsimot rejada 300 ta koʻrsatilgan boʻlsada, ular bir kundabor yoʻgʻi 100-120 dona axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish bilan kifoyalanishmoqda. Natijada Oʻzbekiston ,Qoʻshtepa, Quva, Oltiariq tuman FHDYO boʻlimlari tomonidan dalolatnoma yozuvlari haqidagi maʼlumotlarni “FHDYO yagona elektron baza” axborot tizimiga belgilangan muddatlarda kiritib boʻlinmasligi ehtimoli yuqoriligini koʻrsatmoqda.

Nega bunday suskashtliklarga yoʻl qoʻyilmoqda, sabab nimada?

Muammolarning paydo boʻlishi hech qachon bir sabab nuqtayi nazaridan kelib chiqmaydi. Balki unda obyektiv hamda subyektiv sabablar mujassam. FHDYO boʻlimlari xodimlarining shaxsiy masʼuliyatsizligimi, belgilangan vazifaga loqaydligimi, moddiy-texnik imkoniyatlar yoki xodimlarning yetishmasligimi? Bu holatni obdon tahlil qilib koʻrish zarur.

Agarda muammo moddiy texnik taʼminotning yaxshi emasligi desak, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26 sentyabdagi 768-sonli qarori bilan barcha FHDYO boʻlimlari eng soʻnggi rusumdagi kompyuter jamlanmalari va yuqori sifatli internet bilan taʼminlangan.

Kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganadigan boʻlsak, har bir tumanda FHDYO aktlari soniga nisbatan shtat birliklari ajratilgan, yaʼni 200 mingdan ortiq dalolatnomalari mavjud boʻlgan FHDYO boʻlimlarida qoʻshimcha – arxivarius shtati tashkil etilgan.

Quvasoy, Fargʻona shahar 2-son, Soʻh hamda Yozyovon tumani, FHDYO boʻlimlarida dalolatnomalar soni 200.000 ga yetmaganligi sababli bu boʻlimlarda arxivarius shtatiga zarurat yoʻq deb topilgan. Moddiy-texnika va kadrlar masalasi aniq ekan, demak bu yerda inson faktori, yaʼni xodim masʼuliyati, vazifasini toʻliq his qilishi, masʼuliyatini anglash darajasi muhim rol oʻynamoqda.

Davlat xizmatlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan barcha tuman va shaharFHDYO boʻlimlarining “Yagona elektron FHDYO arxivi” axborot tizimiga malumotlarni kiritish ahvolini yaxshilash va belgilangan muddatda bajarish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.Ayni kunlardaxodimlar faoliyati oʻrganilib, vakolatdoirasida ishlar tashkilanayotir.

Maʼlumotlarni kiritib borish shu holatda davom etadigan boʻlsa, Fargʻona shahar 1-son, Oʻzbekiston, Oltiariq, Qoʻshtepa, Dangʻara tumanlari,Qoʻqon va Margʻilon shahar FHDYO boʻlimlari taxminan 2 yilda, Fargʻona tuman 1-son, Quva, Beshariq tumanlari FHDYO boʻlimlari 1 yil muddatda “FHDYO yagona elektron baza” axborot tizimiga maʼlumotlarni kirita olishi hisoblab chiqildi.

Bundan tashqari, boshqarma tomonidan qilingan tahlil va tekshirishlar natijasiga koʻra, ayrim tuman (shahar) FHDYO boʻlim arxivariuslari oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi uchun mehnat shartnomasini bekor qilishgacha boʻlgan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.Xususan: Fargʻona shahar 1-son, Rishton, Beshariq, Buvayda tuman FHDYO boʻlim arxivariuslari oʻz lavozimlaridan ozod etildi.

Belgilangan muddatgacha hali vaqt bor, bemalol ulguramiz, deya jarayonga yengil nazar bilan qarash, beeʼtiborlik qilish yaramaydi. Toʻgʻri, FHDYO arxivini raqamlashtirish oson ish emas. Turli yillarda, turli xodimlar tomonidan, turli husnixatda yozilgan qaydnomalarni kompyuterda birorta xatosiz terish katta masʼuliyat talab etadigan ish. Ammo, belgilangan vazifani imkon darajasida bajarish bu xodimning xarakteri, oʻz ishiga masʼuliyat seza olishi, tirishqoqligi va salohiyatiga bogʻliq.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori, 3-bandida majburiyatlarni muvofiq taqsimlash va javobgarlik sohalariga asosan, FHDYO boʻlimlarining moddiy-texnik bazasi, yaʼni zamonaviy orgtexnika, optik tola,uzluksiz internet tizimi bilan taʼminlash tuman va shaharhokimliklari zimmasiga yuklatilgan.Afsuski, ayrimhududlarda hamon bu masʼuliyatli vazifalar toʻlaligicha bajarilmagan.

Rivojlanib borayotgan global jamiyatda fuqarolarning sarson boʻlmasligi, tashkilotma tashkilot eshik qoqib yurmasligini taʼminlash maqsadida muhim qarorlar qabul qilinib hayotga tatbiq etilmoqda. Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar ham davlat va jamiyat oʻrtasida toʻsiqsiz muloqot boʻlishiga, tashkilot va idoralarning fuqarolarga yaqin va ochiq boʻlishini taʼminlash uchun xizmat qiladi.

Raʼno Boyqoʻziyeva,

Davlat xizmatlari Agentligi
Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?