FHDYO arxiv hujjatlarini qoʻlda izlashdan voz kechiladi

11:15 14 Noyabr 2018 Jamiyat
411 0

Illyustrativ foto

Davlat xizmatlari agentligi delegatsiyasi hujjatlarni raqamlashtirish uchun professional uskunalar ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniya “MICROBOX GmbH”ga tashrif buyurdi.

Ish safarining asosiy maqsadlari ichida — davlat xizmatlari sohasini raqamlashtirish borasidagi ikki mamlakat vakolatli organlari oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, zamonaviy skanerlarni boshqarish uchun oʻquv mashgʻulotlari, shuningdek, arxiv maʼlumotlarini raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. Bundan tashqari, mamlakatimizga zamonaviy skanerlash uskunalarini yetkazib berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgan kunidanoq oʻzini innovatsion jarayonlarini harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon qildi. Shu bois, Davlat xizmatlari markazlari tizimida yangi — arxivarius lavozimini joriy etish hisobiga FHDYO organlari arxiv hujjatlarini taqdim etish jarayonida ularni qoʻlda izlashdan voz kechish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 2022 yil 1 yanvarga qadar avtomatlashgan “FHDYO yagona elektron arxivi” tizimini shakllantirish rejalashtirilgan.

“MICROBOX GmbH” tomonidan taqdim etilayotgan professional yechimlar dunyodagi eng yaxshilar qatoriga kiradi. Mutaxassislarning aytishicha, mazkur uskunalar raqamli arxivlarni yaratish boʻyicha deyarli hamma vazifalarni bajarishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?