Fermerlarga chirigan kartoshka urugʻliklari sotayotgan mansabdorlarning kirdikorlari fosh etildi

21:45 25 Iyul 2020 Jamiyat
520 0

Ijtimoiy tarmoqdarda “EGOIST AST” MCHJ tomonidan chirigan kartoshka urugʻliklari sotilayotganligi fermerlarda koʻplab eʼtirozlarga sabab boʻlayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.

“Aniqlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.05.2020-yildagi PQ-4704-sonli qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz va Yakkabogʻ tumanlarida kartoshka ekilishi belgilanib, Shahrisabz va Yakkabogʻ tumanlaridagi 656 nafar fermer xoʻjaliklariga “EGOIST AST” MCHJ tomonidan 44,8 mlrd soʻmlik 6400 tonna kartoshka urugʻligini yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolangan.

Shartnomalarga asosan, 656 nafar fermer xoʻjaliklariga ajratilgan 23,6 mlrd. soʻm pul kredit mablagʻlari “EGOIST AST” MCHJ hisob raqamiga oʻtkazilgan.

Oʻrganishda, “EGOIST AST” MCHJ tomonidan Rossiyaning «Alteks» MCHJdan olib kelingan 498 tonna kartoshka urugʻligidan 394 tonnasi yaroqsiz deb topilganligi, 104 tonnasiga muvofiqlik sertifikati berilganligi va 60 tonna «Udacha» navli kartoshka urugʻligini Oʻzbekiston hududida ekish belgilanmaganligi aniqlangan.

Shu bilan birga, mahalliy “Samgold” MCHJdan xarid qilingan
500 tonna kartoshka urugʻligining sifat sertifikatlari mavjud emasligi, ushbu pul mablagʻlaridan 600 mln. soʻmi transport xizmatini koʻrsatish litsenziyasiga ega boʻlmagan “HAMROX ASIL YUKSALISH” MCHJ hisob raqamiga oʻtkazib berilib, pul mablagʻlari oʻzlashtirib yuborilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan 06.07.2020-yilda “EGOIST AST” MCHJ rahbari A.Safarovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?