Fermer xoʻjaligi mulkini talon-toroj qilgan shaxsning kirdikorlari fosh etildi

10:36 14 Fevral 2020 Jamiyat
343 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻuzor tuman boʻlimi tomonidan “S.Chorva” fermer xoʻjaligi rahbari N.X.ning murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro U.X. firibgarlik yoʻli bilan mazkur fermer xoʻjaligini muhr va shtamplarini qoʻlga kiritib, “Koson Don” MCHJga qarashli Gʻuzor filialidan qalbaki yuk xatlari asosida 22,7 mln. soʻmlik urugʻlik bugʻdoy va arpa mahsulotlarini olib nomaʼlum shaxslarga sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Shu oʻrinda, xoʻjalik yurituvchi subyektlari vakillaridan qonuniy faoliyatingizni tasdiqlovchi muhr va shtamplaringizni ularga egalik huquqi boʻlmagan shaxslarga bermasliklarini soʻrab qolamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?