Farg‘ona shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlariga 36 ta Damas avtomobili topshirildi

10:20 29 May 2018 Jamiyat
454 0
Foto:Uza.uz

Farg‘ona viloyatidagi shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlariga maxsus jihozlangan “Damas” avtomashinalari tantanali topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 21 avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlarida ham yangi ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-ekspluatatsiya bo‘limlari tashkil etildi.

Mazkur bo‘lim bino va inshootlarni tegishlicha ekspluatatsiya qilish, suv, elektr energiyasi, gazdan tejamkorlik bilan foydalanish, ularni hisobga olish asbob-uskunalari holatini monitoring qilish kabi bir qator ishlar bilan shug‘ullanadi. Ayni kunlarda ta’mirlash-ekspluatatsiya bo‘limlari maxsus jihozlangan avtomashinalar bilan ta’minlanmoqda. Shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlariga topshirilgan 36 ta Damas avtomashinasi ham ana shu ishlarning uzviy davomidir.

"Viloyatda 916 ta umumta’lim maktabi bor. Maxsus jihozlangan avtomashinalar ta’lim maskanlariga sifatli xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega. Mobil harakatdagi ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmati eng chekka hududdagi maktabga ham borib, amaliy yordam beradi", — deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Turdimatov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?