Federatsiya dolzarb mavzudagi xalqaro onlayn konferensiyada ishtirok etdi

18:24 13 Oktyabr 2020 Jamiyat
746 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi KonfOP (Xalqaro isteʼmolchilar jamiyatlari konfederatsiyasi) tomonidan tashkil etilgan “COVID-19 va isteʼmolchi: muammolar va yechimlar” mavzusidagi onlayn konferensiyada ishtirok etdi. Nufuzli anjumanda Xalqaro isteʼmolchilar jamiyatlari konfederatsiyasi kengashi raisi Dmitriy Yanin, Rossiya Federatsiyasi isteʼmolchilar uyushmasining raisi Pyotr Shelish, “Belarus isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati” jamoat birlashmasi raisi Anna Susha, Tojikiston isteʼmolchilar uyushmasi raisi Ilhom Abidov, Rossiya Federatsiyasi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha ekspert kengashi aʼzosi Aleksey Koyitov va MDH mamlakatlari isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotining boshqa vakillari ham qatnashdi.

Konferensiyada Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi koronavirus pandemiyasi davrida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida taqdimot qilib, unda federatsiya tomonidan mamlakatda COVID-19 tarqalishining oldini olish boʻyicha profilaktika maqsadda vakolatli davlat organlariga ichki isteʼmol bozorida oziq-ovqat va eng zarur buyumlar narxlarining asossiz koʻtarilishining oldini olishda yordam berish uchun 600 ta tajribali mutaxassisdan iborat jamoatchilik nazorati ishchi guruhlari tuzilgani eʼtirof etildi.

Bozorlar va savdo shoxobchalarida narxlar toʻgʻrisidagi kunlik maʼlumotlar umumlashtirilib maxsus komissiyaga oʻtkazilishi, shuningdek, federatsiyaning ”Mehr Ulashamiz“ (”Yaxshiliklarni boʻlishish") aksiyasi doirasida aholiga 300 000 ta tibbiy niqob, 7000 ta antiseptik va ijtimoiy himoyaga muhtoj 674 oila uchun oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgani xalqaro mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.

“Federatsiya xodimlarining tashabbusi bilan ularning bir kunlik ish haqi “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga oʻtqazildi.

Shuningdek, yaqinda Federatsiyaning hududiy birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan xayriya faoliyatini muvofiqlashtirish markazlariga qariyb 200 qop un yuborishdi », - deyiladi konferensiyada.

Ishtirokchilar pandemiya davrida isteʼmolchilarni himoya qilish sohasidagi dolzarb mavzularni muhokama qildilar, elektron tijoratdagi muammolar, bank oʻtkazmalari, odamlarning Covid-19 uchun testlardan oʻtish imkoniyatlari va cheklovlari kabi masalalar muhokamalar qilindi.

Konferensiyaning yakuniy qismida takliflar koʻrib chiqildi va tegishlicha qarorlar qabul qilindi. Bu qarorlar orasida, jumladan, nomaʼlum shaxslar tomonidan bank firibgarligi operatsiyalarida isteʼmolchilarni himoya qilish maqsadida ijtimoiy videoroliklarni yaratish boʻyicha tashabbus yigʻilganlarga manzur boʻldi, deya olamiz.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakatda isteʼmolchilik madaniyatini oshirish va ularning haq-huquqlarini himoya qilish tashabbuskori sifatida xalqaro maydonda yana bir bor oʻz soʻzini aytdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?