Federal akademiya vitse-prezidenti Qurolli Kuchlar akademiyasiga bordi

19:13 22 Fevral 2019 Jamiyat
578 0

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Germaniya Federativ Respublikasi Federal akademiyasining xavfsizlik siyosati masalalari boʻyicha vitse-prezidenti Volfgang Rudishxauzer boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad ushbu oliy harbiy taʼlim muassasalari oʻrtasida istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilishdan iboratdir.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati. 

Tadbirning rasmiy qismi Qurolli Kuchlarimiz akademiyasi tarixi, faoliyati haqidagi taqdimot bilan boshlandi. Soʻng xorijlik mehmonlar yigʻilganlarni federal akademiya bilan tanishtirdi. Har bir chiqish savol-javoblar, qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitildi.

Vitse-prezident va uning hamrohlari taʼlim muassasasi muzeyi, oʻquv xonalari bilan tanishdilar. Mehmonlar bu yerda kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga yuqori baho berishdi. Shuningdek, tashrif davomida akademiya dala-oʻquv maydonini ham koʻzdan kechirish rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?