Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalari qanday pullik xizmatlar koʻrsatadi?

16:59 26 Sentyabr 2019 Jamiyat
238 0

FVV Moliya vazirligi bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar organlari va tuzilmalari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar roʻyxatini tasdiqladi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Unga quyidagi xizmatlar kiritilgan:

1) yongʻin xavfsizligi choralarini qoʻllash, oʻzini tutish qoidalari va favqulodda vaziyatlardan himoya qilishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish usullarini, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini oʻrgatish;

2) poligrafiya mahsulotlarini (oʻquv va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalari, jurnallar va boshqa bosma mahsulotlar), favqulodda vaziyatlar va yongʻindan himoya qilish boʻyicha materiallarni, oʻquv filmlarini sotish;

3) suv havzalarida, choʻmiluvchilarning ommaviy toʻplanish joylarida (plyajlarda, hovuzlarda va boshqalarda) qutqaruvchi gʻavvoslarning navbatchilik oʻtashi - Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari bilan taʼminlanadigan qoʻshimcha xodimlar (qutqaruvchilar) hisobiga yuritiladi;

4) suv ostida texnik, kema koʻtarish ishlarini, choʻkib ketgan predmetlarni qidirish boʻyicha ishlarni, suv obyektlari quyi qismini tozalash va gʻavvoslik ishlarining boshqa turlarini bajarish;

5) xizmat itlarining kuchuklarini sotish;

6) itlarni vaqtincha parvarishlash (itlar uchun mehmonxona);

7) balandlikdagi ishlarni bajarish (panellararo choklarni germetizatsiyalash, turli xil inshootlarni montaj va demontaj qilish, balandlikda oynalarni yuvish, fasadlarni tozalash va taʼmirlash, daraxtlarni olib tashlash va kesish va boshqalar);

8) shaxsiy himoya vositalarini tekshirish va sinovdan oʻtkazish, radiatsion razvedka oʻtkazishga moʻljallangan asboblarni qiyoslash va kalibrovka qilish;

9) aholiga reklama va marketing axborotlarini uzatish uchun avtomatlashtirilgan ogohlantirish va axborot berish tizimidan foydalanish;

10) yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun yongʻin xavfsizligi sohasida mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash;

11) aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yongʻin xavfsizligi va suv obyektlarida odamlar xavfsizligini taʼminlash sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish;

12) aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatlik favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yongʻin xavfsizligi va suv obyektlarida odamlar xavfsizligini taʼminlash sohasidagi tadqiqotlar, ilmiy-texnik konsultatsiya va ekspertiza oʻtkazish;

13) moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va uskunalarning yongʻin xavfsizligi boʻyicha sinovlarini oʻtkazish;

14) qurilish konstruksiyalarining katta oʻlchamli qismlarini va ularning elementlarini yongʻinga chidamliligi va yongʻin xavfsizligini sinovdan oʻtkazish;

15) yongʻinga qarshi himoya texnik vositalari, yongʻin avtomatikasi va favqulodda vaziyatlarni aniqlash va tugatishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish va sotish;

16) yongʻinga qarshi himoya tizimlari va vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash;

17) yongʻinga qarshi himoya tizimlari va vositalarining ishchi holatini tekshirish;

18) yongʻinga qarshi aslaha-anjomlarni, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish, olovni oʻchirish moddalarining sifatini tiklash;

19) tashkilotlar, aholi punktlari va boshqa hududlarni yongʻinlardan himoya qilish - shartnoma asosida taʼminlanadigan yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;

20) yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasida evakuatsiya rejalarini, yoʻriqnomalarni, pasportlarni va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish);

21) hisoblashni bajarish:

xonalar va binolardan odamlarni evakuatsiya qilish vaqti, shuningdek yongʻinning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan darajaga yetish sharoitidagi davomiyligi;

portlash-yongʻin va yongʻin xavfsizligi boʻyicha xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalari;

keltirilgan metallning qalinligi va metall konstruksiyalarning yongʻinga chidamliligi chegaralari;

binolap orasidagi minimal yoʻl qoʻyiladigan masofa (issiqlik oqimining kritik zichligini aniqlash);

turli maqsaddagi bino xonalarida yongʻin boʻlishi ehtimolida harorat rejimi va issiqlik yuklamasi;

yongʻinlarning oldini olish va oʻchirishni amalga oshiruvchi boʻlinmalarning ishlashini taʼminlash uchun zarur boʻlgan kuchlar va vositalar miqdori;

22) sunʼiy suv havzalari, yertoʻlalar va yoniga borib boʻlmaydigan joylardan suvlarni chiqarib olish (toʻldirish);

23) moʻrilarni tozalash;

24) avto yoʻllarning qulashiga olib kelishi xavfi bor boʻlgan yonbagʻirlaridagi tosh jinslarini tushirish;

25) 99951-harbiy qism tomonidan pudrat (muhandislik-qurilish) ishlarini bajarish;

26) avtonom dizel generatorlaridan foydalanish;

27) yoʻlovchilar va yuklarni tashish - qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi;

28) muhandislik va boshqa texnikalardan (avtokran, buldozer, ekskavator, evakuator va boshqalar) foydalangan holda ishlarni bajarish;

29) tomosha, sport va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda kuchlar va vositalarning navbatchiligi;

30) FVV va uning tasarrufidagi tashkilotlarning muzeylarida koʻrish va mavzuli ekskursiyalarni oʻtkazish;

31) yordamchi xoʻjalik mahsulotlarini sotish - yordamchi xoʻjalikda barcha turdagi goʻsht va sut, qoramol, ot, choʻchqa, quyonlar, qushlar va asalarilar boqish, shuningdek issiqxonalar, mevali bogʻlar va baliq koʻpaytirish uchun hovuzlar yuritishga ruxsat etiladi. Koʻkat, sabzavot, don, quruq hamda sarxil yem-xashak yetishtirish biriktirilgan yerlarda amalga oshiriladi;

32) kichik kemalar haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

Roʻyxatda koʻrsatilgan pullik xizmatlar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy murojaatlari (pullik xizmat koʻrsatish haqida) asosida koʻrsatiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 20.09.2019-yildan kuchga kirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?