Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ona va bolaning hayotini saqlab qoldi

15:53 04 Dekabr 2019 Jamiyat
159 0

2019-yil 2-dekabr kuni soat 04:19 lar atrofida Samarqand shahri A.Temur koʻchasida joylashgan xonadonda istiqomat qiluvchi 1958-yilda tugʻilgan fuqaro A.B. Samarqand viloyati FVB tezkor navbatchilik qismiga qoʻngʻiroq qilib, uyda yongʻin chiqanligi toʻgʻrisida xabar berdi.

Voqea joyiga boshqarma qutqaruvchilari va oʻt oʻchirish guruhi shaxsiy tarkibi 04:25 da yetib borib, zudlik bilan yongʻinni oʻchirishdi. Olib borilgan tezkor saʼy-harakatlar natijasida tutun bilan toʻlgan xonadon ichidan 2 nafar fuqarolar 1986-yilda tugʻilgan I.N. va uning qizi 2006-yildda tugʻilgan G.A. olib chiqlib, ularning hayoti saqlab qolindi. Sodir boʻlgan hodisa oqibatida jablanganlar yoʻq. Bu haqda FVV xabar berdi.

Yongʻin uyning hammomida elektr simlarini qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqganligi taxmin qilinmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?