Farmatsevtika faoliyati maxsus agentlik tomonidan litsenziyalanadi

10:13 20 Avgust 2019 Jamiyat
128 0

Illyustrativ foto

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot” kanali.

Kiritilgan oʻzgartirishlar muvofiq, bunday buyon Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi farmatsevtika faoliyatini litsenziyalovchi organ (avval Sogʻliqni saqlash vazirligi) hisoblanadi.

Shuningdek, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi va ulgurji realizatsiya qiluvchilar ustidan nazorat ham mazkur agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

Endilikda:

-dori vositalari ishlab chiqarishga beriladigan litsenziyada dori vositasi turi ham koʻrsatiladi;

-litsenziya talabgori farmatsevtika mahsulotlari nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimiga ulanishi hamda litsenziyalovchi organga har oyning beshinchi kunidan kechiktirmay oʻtgan oy uchun maʼlumotlar taqdim etishi lozim.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?