“Farhod” bozorida koronavirusga gumon qilingan fuqaroning tahlil natijasi maʼlum boʻldi

15:16 12 May 2020 Jamiyat
6445 0

Avvalroq, “Farhod” bozorida tadbirkorlardan birining isitmasi yuqoriligi sabab bozor yopilgani haqida xabar bergan edik.

Sogʻliqni saqlash vazirligi bozorning yopilishi yuzasidan izoh berdi.

“Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Farhod” bozoridagi ehtiyot qismlar rastalari tadbirkorlaridan birida yuqori harorat kuzatilganligi tufayli bozor yopib qoʻyilganligi haqidagi xabarlar eʼlon qilingan edi.

Aslida esa shu kuni bozor xududiga kiraverishda oʻrnatilgan tibbiy tekshiruvlar davomida bir nafar fuqaroda yuqori harorat aniqlangan va u darhol izolyatsiyaga olingan edi.

Koronavirusga gumon qilingan fuqaro bozor xududiga kirishga ulgurmagan. Kechaning oʻzida 1989-yilda tugʻilgan (erkak) ushbu fuqarodan koronavirusga oʻtkazilgan diagnostik tahlil unda “Covid-19” infeksiyasi aniqlanmaganligini koʻrsatdi.

Maʼlumotlarga qaraganda, shu kunlarda mazkur bozorda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda va ularning yakuniga koʻra bozor ishga tushishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabardi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?