“Farg‘onadagi konsert vaqti issiqdan 10 kishi hushidan ketdi”. Yulduz Usmonovaning Namangan va Bekoboddagi konsertlari nega qoldirildi?

19:30 25 Iyul 2018 Madaniyat
686 0

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 22-iyul kuni Namangan shahrida, 23-iyul kuni Bekobod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertlari qoldirilgan edi. Konsert dasturlarining qoldirilish sabablari haqida Yulduz Usmonovaning  prodyuseri Mansur Agaliyev “Daryo” internet nashriga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi.

Foto: instagram


Yulduz Usmonovaning butun respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan gastrol konsert dasturlari a’lo darajada davom etayotgan edi. Ammo Surxondaryo viloyati hamda Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan konsert dasturlari vaqtida havo juda ham isib ketishi natijasida noxush voqealar yuz berdi.
Ayniqsa Farg‘ona viloyatida havoning nihoyatda issiqligi sabab, konsert vaqtida 10 ga yaqin muxlis hushidan ketib qoldi. Shunday ko‘ngilsizliklar takrorlanishining oldini olish maqsadida 22-iyul kuni Namangan shahrida, 23-iyul kuni Bekobod shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsertlarni boshqa kunlarga qoldirildi.
Namangan viloyati “Navbahor” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsert dasturiga 10 mingdan ortiq bilet sotilgan ekan, ko‘pchilik biletga kuyib qoldim deya noto‘g‘ri tushunchaga bormoqda. Biz qoldirilgan konsert dasturlari o‘rniga 2-sentabr kuni Namangan viloyati “Navbahor” stadionida, 3-sentabr kuni Bekobod tumanidagi “Metallurg” stadionida konsert taqdim etamiz. Ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘q.
Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovaning  prodyuseri


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?