Fargʻonadagi Xalq banki boʻlimida 100 ming dollar pul yoʻqolib qoldi

10:31 08 Fevral 2019 Jamiyat
1382 0

Elyorjon Ehsonov, “Xalq soʻzi Online“ / Fargʻona. Xalq bankining Fargʻona viloyati, Yozyovon tumanidagi filialida 100 ming dollar naqd pul yoʻqolib qolgan.

Viloyat prokuraturasining “Xalq soʻzi“ga maʼlum qilishicha, 2019 yilning 5 fevral kuni Yozyovon tumani IIB navbatchilik qismiga soat taxminan 23:40 larda Xalq banki tuman filiali boshqaruvchisi pul yoʻqolganligi aniqlangani toʻgʻrisida xabar bergan.

Hozirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va prokuratura xodimlaridan iborat maxsus tergov guruhi tuzilib, voqea joyida tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan (juda koʻp miqdorda oʻgʻrilik) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?