Fargʻonadagi FHDYO boʻlimida erkak xotinini pichoqladi

18:26 10 Sentyabr 2018 Jamiyat
306 0
Illyustrativ foto

Fargʻona viloyatining Dangʻara tumanida qotillik sodir boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, 2018 yil 5 sentyabr kuni soat 10:00larda Fargʻona viloyati, Dangʻara tumani, Doimobod qishlogʻida yashovchi I. (1992 yilda tugʻilgan erkak kishi) turmush oʻrtogʻi S. (1993 yilda tugʻilgan ayol kishi) bilan nikoh shartnomasini bekor qilish uchun tuman FHDYO boʻlimi binosiga kelib, oʻzaro kelishmovchilik natijasida yonida boʻlgan pichoq bilan turmush oʻrtogʻiga turli xil tan jarohatlari yetkazib, qasddan oʻldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan I.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?