Farg‘onada uyining tomida 9 kg ko‘knori saqlayotgan shaxs ushlandi

16:30 06 Iyun 2018 Jamiyat
805 0
Foto: wfdd.org

Ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori-2018” tadbiri davomida navbatdagi qonun buzilish holati aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 30 may kuni O‘rtaqishloq QFYda yashovchi Sh.Yu.ning uyi oshxonasining tomidan 9 kg. 19 gr. “ko‘knor” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Termizda salkam 45 kg giyohvandlik moddasini sotmoqchi bo‘lgan afg‘onistonlik shaxs qo‘lga olingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?