Fargʻonada sigaret chekib uxlab qolgan fuqaro halok boʻldi

10:29 19 Noyabr 2018 Jamiyat
800 0

Illyustrativ foto

Fargʻona Margʻilon shahrida kichik loqaydlik inson oʻlimiga sabab boʻldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 17 noyabr kuni Margʻilon shahrida yashagan Sh.Sh. mast holda uyida sigaret chekadi va shu holatida uxlab qoladi. Natijada sigaret kukuni koʻrpa ustiga tushib, yongʻin chiqadi. Sh.Sh. chap biqin va chap oyoq son qismi kuyishi jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?