Fargʻonada shaftoli gulladi (foto)

19:16 21 Fevral 2019 Jamiyat
712 0

Foto: "Xalq so'zi"

Maqolaning sarlavhasini oʻqib hayron boʻlmang. Oʻzbekiston tumanining Shakarobod qishlogʻi ahliga bu voqelik oddiy hol. Mirishkor, qoʻli gul shakarobodliklar yaxshilab hafsala qilishsa, yerga suqilgan tayoqdan ham hosil olish payida boʻlishadi. Ular har yili oʻzi mehr bergan yerni oʻziga xos tajriba maydoniga aylantirishgan, desak, ishonavering!

Mana ulardan biri: MuhiddinNishonov oʻzining “Barakali ota zamini”fermer xoʻjaligi yer maydonida issiqxonaga 30 sotixli bogʻ tashkil qildi. Qizigʻi shundaki,ming tupdan ortiq shaftoli koʻchatlari ayni paytda gullashni boshladi.

-Bankdan fermer xoʻjaligi yerlaridan yanada samarali foydalanish va shu issiqxonani tashkil qilish uchun 184 million soʻm kredit olganmiz, -deydi M.Nishonov. - Issiqxona shaklidagi bogʻda “Lola”, “Qiziljigar” kabi7 xilertapishar, noyob shaftoli navlarini parvarishlayapmiz. Issiqxona quyosh nuriga isiydi, hech qanday qoʻshimcha vositalardan foydalanmaymiz. Men doimo, “Har doim birinchi, yoki hech qachon!” shioriga amal qilib yashayman.Nasib qilsa,may oyining boshidayoq respublikamizda eng birinchilardan boʻlib 7 hil turdagi shaftoli mevasini mahalliy bozorlarga olib chiqamiz va eksportga yoʻnaltiramiz.

Elyorjon EHSONOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?