Fargʻonada qadimiy hunarmandchilik namunalari topildi

10:41 04 Mart 2019 Jamiyat
528 0

Foto: "Xalq so'zi"

“Xalq soʻzi Online”, Elyorjon Ehsonov/Fargʻona. Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik doirasida taʼmirlanayotgan “Dasturxonchi” madrasasidan qadimiy hunarmandchilik namunalari topildi.

Madrasani asl koʻrinishiga qaytarish maqsadida tom qismini yangidan qoplash, fasad qismlarini yangilash bilan bir qatorda hujralar va hovli qismini zax oʻtishini oldini olish uchun 50 santimetr chuqurlikda kavlashga kirishgan quruvchilar qadimgi hunarmandchilik sanʼati namunalarini topdilar.

Kapital rekonstruksiya ishlarining borishi bilan tanishish asnosida tarixiy obidaga tashrif buyurgan shahar hokimi Maʼrufjon Usmonov topilma koʻzalarni qaysi davrga oid ekanligini aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni olib borish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Foto: "Xalq so'zi"

Qoʻqon Oʻlkashunoslik muzeyi ilmiy xodimi Yaxyoxon Dadaboyevning dastlabki oʻrganishlari asosida qilgan xulosalari shuki, koʻzalar “Dasturxonchi” madrasasi qurilgan paytdan oldingi davrga taalluqli ekani haqida darak bermoqda. Bu noyob topilmalar, albatta, Qoʻqonda hunarmandchilik qadimdan keng rivoj topganiga yana bir dalil boʻla oladi.

Topilmalar qaysi davrga tegishli ekanligi va ularni yoshini aniqlash kabi ilmiy izlanishlar davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?