Farg‘onada o‘zaro janjal sabab kelib chiqqan pichoqbozlikda bir kishi vafot etdi

10:01 11 Avgust 2018 Jamiyat
185 0
Illyustrativ foto

9 avgust kuni Farg‘ona tumanida qotillik sodir etildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAv bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Qayd qilinishicha, shu kuni tumanda yashovchi B.A. Yangi Marg‘ilon ko‘chasida o‘zaro janjal oqibatida fuqaro S.V.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urgan.

Natijada S.V. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.

Holat yuzasidan B.A. qo‘lga olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?