Farg‘onada maktab o‘quvchisi haydovchiga pichoq urib, avtomobilni olib qochdi

18:30 29 May 2018 Jamiyat
439 0
Illyustrativ foto

28 may kuni Farg‘ona shahrida maktab o‘quvchisi jiddiy jinoyatga qo‘l urdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, shaharda noma’lum shaxs Bozorboshi ko‘chasida yashovchi I.A. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Farovonlik ko‘chasiga yetib kelganida haydovchi I.A.ning o‘ng qo‘l kaft va bo‘yin qismiga pichoq bilan urib tan jarohati yetkazgan va uni avtomashinadan tushirib yuborib, avtomashinani noma’lum tomonga haydab qochgan. Natijada I.A. kasalxonaga yotqizilgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Sayilgoh ko‘chasida yashovchi 6-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi J.T. sodir etganligi aniqlanib, u avtomashinani Farg‘ona shahrida haydab ketayotganida ushlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?