Fargʻonada hujjatsiz olib oʻtilayotgan 41 mln soʻmlik sitrus mevalar aniqlandi

15:46 07 Dekabr 2018 Jamiyat
467 0

Joriy yilning noyabr oyida Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tadbirlar natijasida 39 nafar fuqaro davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotganligi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi, faoliyatini qonuniy tarzda davom ettirish uchun kerakli tavsiyalar berildi. Bu haqda Fargʻona viloyati Davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi xabar bermoqda.

Shu bilan birga, hujjatsiz faoliyat yuritayotgan 20 nafar fuqaroga tegishli boʻlgan 102,6 million soʻmlik tovar moddiy boyliklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlash uchun olindi.

Xususan, olingan tezkor maʼlumotlar asosida Fargʻona shahar davlat soliq inspeksiyasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Fargʻona shahar boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda nazorat tadbiri oʻtkazilgan boʻlib, Al-Fargʻoniy koʻchasida turgan Quvasoy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M.X. boshqaruvidagi ISUZI rusumli yuk mashinasi koʻzdan kechirilganda, transport vositasi yukxonasidagi sitrus mevalarni biror hujjatsiz Quvasoy shahriga sotish uchun olib ketilayotganligi aniqlangan. Mazkur holat boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hujjatsiz tarzda sotishga moʻjjalangan 3 xil turdagi 193 quti, qariyb 41 million soʻmlik sitrus mevalar daliliy ashyo sifatida olindi.

Bundan tashqari, noyabr oyida Fargʻona shahri P.Mahmud koʻchasida joylashgan savdo kompleksida oʻtkazilgan tadbirlar davomida margʻilonlik tadbirkor K.J. faoliyati oʻrganilganda, fuqaro nazorat kassa mashinasi va toʻlov terminali bilan jihozlanmagan savdo shahobchasida hech qanday hujjatsiz telefon va aksessuarlar sotish bilan shugʻullanayotganligi aniqlangan.Tadbir yakunlari boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 1127 dona 13 million soʻmdan ortiq qiymatdagi tovar moddiy boyliklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?