Farg‘onada e’tiborsiz qoldirilgan bola o‘zini yoqib yubordi

15:03 12 Iyun 2018 Jamiyat
259 0

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida mudhish voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Beshariq tumanida yashovchi nafaqaxo‘r N.R. “VAZ-2102” rusumli avtomashinada O‘zbekiston tumani Begobod qishlog‘ida joylashgan “Ergashali ustoz Murodov” fermer xo‘jaligiga o‘rik mahsulotini terib olish uchun borgan. U bog‘ ichiga kirib ketib, birga olib kelgan 9 yoshli nabirasi M.A.ni nazoratsiz qoldirgan. Oqibatda, bola avtomashina salonida bo‘lgan 5 litrlik yelim idishdagi benzin yoqilg‘isini to‘kib, gugurt bilan yoqib yuborgan.

Natijada avtomashina salonida yong‘in sodir bo‘lib, M.A. kuyish jarohatidan voqea joyida halok bo‘lgan. Yong‘in shu yerda bo‘lgan fuqarolar tomonidan o‘chirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?